Xalq deputatlari mahalliy Kengashining ayrim bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga o‘tkazilayotgan saylov to‘g‘risida

03.12.2025

22

msk_yangiliklari_in

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2025-yil 19-noyabrdagi “Ayrim bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovini tayinlash to‘g‘risida”gi 1453-sonli qaroriga asosan Surxondaryo viloyatining quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan saylov okruglarida xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ayrim bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlari uchun 2025-yil 21 dekabr, YAKSHANBA kuni yangi saylov bo‘lib o‘tadi.

 

Т/р

Маҳаллий Кенгаш номи

Сайлов округи номи

Сайлов участкаси тартиб рақами

Сайлов участкаси манзили

Сайлов участкаси чегаралари

1.

Халқ депутатлари Сариосиё тумани Кенгаши

9-Газарак сайлов округи

750-участка

Сариосиё тумани “Чилонзор” махалла фуқаролар йиғини, Буюк Темур кўчаси, 65-уй, 26-сонли умумтаълим мактаби биноси

Сариосиё тумани, “Чилонзор” маҳалласи Буюк Темур, Гулчаман, Ватанпарвар, Маърифат, Оқибат, кўчалари

751-участка

Сариосиё тумани “Боғистон” маҳалла фуқаролар йиғини, Хисорак кўчаси, 42-уй, 48-сонли умумтаълим мактаби биноси

Сариосиё тумани, “Боғистон” маҳалласи, Буюк Темир, Кўклам, Латофат, Кўклам, Заррин, Зарчоб қишлоғининг Зарчоп кўчаси ва Хисорак қишлоғининг Хисорак кўчалари

753-участка

Сариосиё тумани “Боғистон” маҳалла фуқаролар йиғини, Буюк Темур кўчаси, 33-уй, 53-сонли умумтаълим мактаби биноси

Сариосиё тумани, “Боғистон” маҳалла фуқаролар йиғинининг тўлиқ ҳудуди чегараларида

865-участка

Сариосиё тумани “Чилонзор” маҳалла фуқаролар йиғини, А.Темур кўчаси, 36-уй, 69-сонли умумтаълим мактаби биноси

Сариосиё тумани, “Чилонзор” маҳалласи, Тоқчи ва Тутак қишлоқларининг А.Темур, М.Юсуф, Ҳ.Олимжон, Зулфияхоним кўчалари

 

2025-yil 21-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlar bo‘yicha hududiy saylov komissiyasining Surxondaryo.saylov.uz sayti orqali tanishib borish mumkin.

 

Eslatma!

 

1. Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari saylash huquqiga egadir;

 

2. Saylov byulleteni saylovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida tegishli saylov uchastkasining saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarga beriladi;

 

3. Ovoz berish saylov kuni soat 8:00 dan 20:00 gacha o‘tkaziladi.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur