Joriy yilning 31-iyul kuni Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida xalq deputatlari Denov tumani Kengashining “6-Totuvlik” hamda xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining “24-Chinor” saylov okruglari hududida tashkil etilgan uchastka saylov komissiyalari a’zolari uchun o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.

Mazkur seminarning asosiy maqsadi uchastka saylov komissiyalari a’zolarining saylov qonunchiligiga oid bilim va amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, saylov jarayonlarini milliy qonunchilik hamda xalqaro demokratik tamoyillar asosida ochiq, oshkora va shaffof tashkil etish bo‘yicha malakasini oshirishdan iborat bo‘ldi.
