Surxondaryoda uchastka saylov komissiyalari tarkibi tasdiqlandi

17.09.2024

966

msk_yangiliklari_in

Surxondaryo viloyati hududiy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bo‘yicha uchastka saylov komissiyalari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

 

Komissiya raisi Z.Alimardonova boshqargan yig‘ilishda viloyat hududi bo‘yicha tashkil etilgan 865 ta saylov uchastkasi uchun uchastka saylov komissiyalarining 9 ming 451 a’zodan iborat tarkibi tasdiqlandi.

 

 

 

Nomzodlar xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinib, “E-saylov” tizimi orqali hududiy saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etilgan.

 

Uchastka saylov komissiyalari a’zolarining 47 foizi xotin-qizlardir. 84 foizi oldingi saylovlarda ham ishtirok etib, saylov qonunchiligidan yetarli tushuncha to‘plagan tajribali a’zolar bo‘lsa, 16 foizi saylov komissiyalari faoliyatida ilk marta qatnashmoqda.

 

 

Komissiya a’zolari tarkibida xalq ta’limi sohasi xodimlari 53 foizni tashkil etmoqda. 47 foizi boshqa davlat idoralari, nodavlat tashkilotlar va o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillaridan iborat. A’zolarning 8 ming 539 nafarini o‘zbeklar tashkil etmoqda. Shuningdek, rus, tojik va boshqa millat vakillari ham bor.

 

Ma’lumot uchun, bu yilgi muhim siyosiy kampaniyada viloyatdagi saylov uchastkalaridan 1 million 669 mingdan ortiq saylovchi ovoz berishi kutilmoqda.

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur