Siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari ro‘yxatga olindi

02.08.2024

296

msk_yangiliklari_in

Bugun Surxondaryo viloyati hududiy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hududiy saylov komissiyasining Matbuot markazi faoliyatini tashkil etish hamda siyosiy partiyalarning vakolatli vakilini ro‘yxatga olishga doir masalalar ko‘rib chiqildi.

 

Majlisda 4 nafar malakali mutaxassisdan iborat Matbuot markazi tarkibi tasdiqlandi. Matbuot markaziga saylov jarayonini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq brifinglar, matbuot anjumanlarini tayyorlash va o‘tkazish, jurnalistlarga va jamoatchilikka saylovga oid masalalar bo‘yicha tezkor axborot berib borish va ma’lumotlarni yetkazish ishlarini tashkil etish vazifalari yuklatildi.

 

Majlisda siyosiy partiyalardan ilk bor “E-saylov” axborot tizimi orqali tavsiya etilgan vakolatli vakillarga tegishli hujjatlar ko‘rib chiqilib, vakolatli vakillarni ro‘yxatga olish hamda ularga belgilangan shakldagi mandatni berish haqida qaror qabul qilindi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Eslatib o‘tamiz, siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari saylov komissiyasining majlislarida, hujjatlarni topshirishda, imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirishda, saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etadi.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur