O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2025-yil 11-sentabrdagi “Ayrim bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovini tayinlash to‘g‘risida”gi 1446-sonli qaroriga asosan Surxondaryo viloyatining quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan saylov okruglarida xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ayrim bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlari uchun 2025-yil 19-oktabr, yakshanba kuni yangi saylov bo‘lib o‘tadi.
T/r |
Mahalliy Kengash nomi |
Saylov okrugi nomi |
Saylov uchastkasi tartib raqami |
Saylov uchastkasi manzili |
Saylov uchastkasi chegaralari |
1. |
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi |
21-Guliston saylov okrugi |
195-uchastka |
Muzrabot tumani “Guliston” mahallasi, G‘ofur G‘ulom ko‘chasi, 10-uy |
Muzrabot tumani “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘inining Alisher Navoiy, Amuzang, Ahillik, Bodomzor, Boldir, Bunyodkor, G‘ofur G‘ulom, Gulzor, Guliston, Iftixor, Mirishkor, Mustaqillik, Nurli kelajak, Olmazor, Saxovat, Tadbirkor, Uchqur, Fayz baraka, Hamid Olimjon, Shabada, Ezgu amal, Ezgu so‘z, Ezgu tilak, Yangi zamon ko‘chalari chegaralarida |
196-uchastka |
Muzrabot tumani “Guliston” mahallasi, Kirshak ko‘chasi, 9-uy |
Muzrabot tumani “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘inining Nurli yo‘l, Obod yurt, Tabarruk zamin, Yurt ravnaqi ko‘chalari chegaralarida |
|||
197-uchastka |
Muzrabot tumani “Bog‘i eram” mahallasi, Istiqlol ko‘chasi, 7-uy |
Muzrabot tumani “Bog‘i eram” mahalla fuqarolar yig‘inining Boldir, Tinchlik, Farovon, Istiqlol, Navro‘z, Mustaqillik ko‘chalari chegaralarida |
|||
2. |
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi |
20-Eskishahar saylov okrugi |
262-uchastka |
Termiz shahar “Eskishahar” mahallasi, Istiqlol ko‘chasi, 24-uy |
Termiz shahar “Eskishahar” mahalla fuqarolar yig‘inining to‘liq hududi chegaralarida |
2025-yil 19-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlar bo‘yicha hududiy saylov komissiyasining Surxondaryo.saylov.uz sayti orqali tanishib borish mumkin.
Eslatma!
1. Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari saylash huquqiga egadir;
2. Saylov byulleteni saylovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida tegishli saylov uchastkasining saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarga beriladi;
3. Ovoz berish saylov kuni soat 8:00 dan 20:00 gacha o‘tkaziladi.