Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashiga saylov natijalari ma’lum qilindi

31.10.2024

175

msk_yangiliklari_in

Surxondaryo viloyati hududiy saylov komissiyasining bugun o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishida 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat hamda shahar va tumanlar Kengashlariga saylov natijalari e’lon qilindi.

 

 

Saylovda viloyat hududidagi 865 ta saylov uchastkalari orqali 1 mln 70 ming 645 nafar saylovchi ishtirok etgani, bu saylovchilar umumiy sonining 74,2 foizini tashkil etgani qayd etildi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga 6 nafar, xalq deputatlari viloyat Kengashiga 50 nafar, shahar va tuman Kengashlariga 370 nafar, jami 426 nafar deputat saylandi.

 

 

Jumladan, xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashiga:

 

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan 20 nafar;

 

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan 12 nafar;

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan 9 nafar;

 

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan 4 nafar;

 

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan 5 nafar deputat saylandi.

 

Saylangan 50 nafar deputatning 17 nafari (34 foizi) xotin-qizlardir.

 

 

Yig‘ilishda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashiga o‘tkazilgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi qaror qabul qilinib, matbuotda e’lon qilinishi belgilandi.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur