Sariosiyo tumanida o‘quv-amaliyot seminari tashkil etildi

10.12.2025

26

msk_yangiliklari_in

Markaziy saylov komissiyasining 2025-yil 19-noyabrdagi 1453-sonli qarori bilan joriy yilning 21-dekabr kuni xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 9-Gazarak saylov okrugida bo‘shagan deputatlik o‘ringa saylov o‘tkazilishi belgilangan edi.

 


Tuman va uchastka saylov komissiyalari a’zolarining saylov qonunchiligi bo‘yicha nazariy bilimlari hamda amaliy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida mahalliy Kengashlar deputatlarining bo‘shab qolgan o‘rinlariga saylovni o‘tkazish bo‘yicha kalendar rejaning tegishli bandiga asosan 2025-yil 5-dekabr kuni Surxondaryo viloyati hududiy saylov komissiyasi tomonidan sayyor o‘quv-amaliyot seminari tashkil etildi.

 


O‘quv-amaliyot mashg‘ulotlarida xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlarining bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlariga saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish, ovoz berish xonalarini jihozlash, muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etish, saylov jarayonining boshqa ishtirokchilari  bilan hamkorligi bo‘yicha nazariy bilimlar va o‘quv-amaliyot mashg‘ulotlari ishtirokchilarining USKning ovoz berish kunidagi vazifalari hamda ovozlarni sanab chiqish va bayonnomani to‘ldirish faoliyati bo‘yicha amaliy ko‘nikma va malakalarini shakllantirish bo‘yicha bilimlar berildi.

 

Surxondaryo viloyati
Hududiy saylov komissiyasi

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur