Xalqaro kuzatuvchilar Surxondaryoda saylovga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishmoqda

09.10.2024

164

msk_yangiliklari_in

Joriy yilning 27-oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatligiga o‘tkaziladigan saylovlarda xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish mamlakatimizga kelgan YEXHT DIIHB uzoq muddatli kuzatuvchilari Xaynek Kristian Oliver hamda Erdenebat Sengel Surxondaryo viloyati hududiy saylov komissiyasi a’zolarining ish faoliyati, matbuot markazida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

 

 

Komissiya raisi Zebuniso Alimardonova xalqaro kuzatuvchilarga saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi, saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati shakllantirish va yuritish, saylov okrugi va saylov uchastkalarini tuzish tartibi va normasi, muddatidan oldin ovoz berishni tashkil qilish va o‘tkazish, saylovda nogironligi bor shaxslar uchun moslashtirilgan sharoitlar haqida ma’lumot berdi.

 

Xalqaro kuzatuvchilar so‘nggi yillarda mamlakatimiz saylov amaliyotida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining yangi imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha muayyan tajriba to‘planganini e’tirof etdi.

 

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur