Xalqaro kuzatuvchilar “Yuksalish”da

07.10.2024

134

msk_yangiliklari_in

Ayni kunlarda Surxondaryoda bo‘lib turgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi uzoq muddatli kuzatuvchilari Xaynek Kristian Oliver hamda Erdenebat Sengel viloyatda saylovga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishmoqda.

 

Xalqaro kuzatuvchilar “Yuksalish” umummilliy harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasida bo‘lib, bo‘linma rahbari Gulmira Amirova bilan Harakat, uning faoliyat yo‘nalishlari, jamoatchilik nazorati va uning saylovlardagi o‘rni haqida muloqot qildi.

 

Xaynek Kristian Oliver hamda Erdenebat Sengel “Yuksalish”ning saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazishdagi ishtirokini yuqori baholadi.

 

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur