Xalqaro kuzatuvchilar Surxondaryo viloyatida

04.10.2024

141

msk_yangiliklari_in

Davlat vakillik organlari saylovlarida uzoq muddatli kuzatuvchi sifatida mamlakatimizga tashrif buyurgan YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi vakillari Xaynek Kristian Oliver (Avstriya) hamda Erdenebat Sengel (Mongoliya) Surxondaryo viloyatda o‘z missiyasini boshladi.

 

Bugun – missiyasining birinchi kunida xalqaro kuzatuvchilar viloyat hududiy saylov komissiyasi faoliyati bilan tanishdi. HSK raisi Zebuniso Alimardonova yangilangan saylov qonunchiligi bo‘yicha o‘tkaziladigan bu yilgi saylovlarning o‘ziga xos xususiyatlari, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

 

O‘zaro muloqot chog‘ida xalqaro kuzatuvchilar shu paytgacha tanishganlari asosida viloyatimizda saylovlarga tayyorgarlik borasida olib borilayotgan ishlarni yuqori baholadi.

 

 

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur