Surxondaryoda saylovga hozirlik qizg‘in 

27.09.2024

55

msk_yangiliklari_in

Shu kunlarda Surxondaryo viloyatida ham Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari sayloviga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda.

 

Mavjud 865 ta saylov uchastkasi uchun aholi vakillariga qulay bo‘lgan binolar tanlab olingan bo‘lib, ularning 696 tasi umumta’lim maktablarida, 61 tasi kasb-hunar kollejlari, litsey va texnikumlarda, 27 tasi madaniyat va sport inshootlarida, 17 tasi harbiy qismlarda, 16 tasi tibbiyot va dam olish maskanlari, sanatoriylarda, 8 tasi mahalla fuqarolar yig‘inlarida, 39 tasi boshqa binolarda joylashgan.

 

 

Hozirda saylov uchastkalari to‘liq shay holatga keltirildi. Ular saylov qonunchiligida belgilangan talablar asosida jihozlanib, zarur texnika vositalari — telefon, nusxa ko‘chirish apparati, internet tarmog‘i va tegishli adabiyotlar bilan ta’minlangan. Saylovchilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

 

 

Saylov uchastkasiga biriktirilgan xodimlarning saylov qonunchiligiga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida o‘quv-seminarlar tashkil etildi. Saylov uchastkalarining tashkiliy jihatdan tayyorgarligi muntazam o‘rganilib borilmoqda.

 

 

Bir so‘z bilan aytganda, Surxondaryo viloyatidagi bu sa’y-harakatlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini konstitutsiyaviy qoidalar hamda xalqaro saylov andozalari, demokratik tamoyillar asosida ochiq-oshkora o‘tkazishga qaratilgan.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur