Surxondaryoda saylov komissiyalari tuzildi

15.08.2024

348

msk_yangiliklari_in

Surxondaryo viloyati hududiy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi o‘tkazildi. Unda Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarini tuzish to‘g‘risidagi masala ko‘rildi hamda Xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlari tomonidan tavsiya etilgan okrug saylov komissiyasi raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va komissiyaning olti-sakkiz nafar boshqa a’zolaridan iborat nomzodlarning tarkibi tahlil etildi.

 

 

Komissiya a’zoligiga nomzodlarning 389 nafari oliy, 86 nafari o‘rta-maxsus, 3 nafari o‘rta ma’lumotli bo‘lib, pedagoglar 258, iqtisodchilar 59, muhandislar 42, shifokorlar 33, huquqshunoslar 7, jurnalistlar 3 nafar va boshqa kasb egalari 76 nafarni tashkil etadi.

 

Videokonfirensaloqa shaklida o‘tkazilgan majlis yakunida Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi 50 ta okrug saylov komissiyasini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, komissiyalar a’zolari tarkibi tasdiqlandi.

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur