Surxondaryoda saylov bo‘yicha o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda

09.09.2024

161

msk_yangiliklari_in

Viloyatimiz shahar va tumanlarida uchastka saylov komissiyasi raisi, rais o‘rinbosari va kotibligiga nomzodlarning malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tmoqda.

 

Mashg‘ulotlar hududiy trenerlar tomonidan tuman, shahar markazlaridagi saylov uchastkalari uchun mo‘ljallangan binolarda interaktiv usullarda – ma’ruza, simulyatsiya, saylov jarayonlarini modellashtirish, video-dars, videorolik, saylovga oid savol-javoblar, test shaklida o‘tkazilmoqda.

 

Mashg‘ulotlarda aralash saylov tizimi, saylov komissiyalari faoliyatining asosiy jihatlari, saylovchilar ro‘yxati bilan ishlash, binolarni jihozlash, muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etish, ovozlarni sanab chiqish va natijalarni belgilash kabi mavzular qamrab olingan.

 

Mashg‘ulotlarda viloyat bo‘yicha mavjud 865 ta saylov uchastkasining jami 2595 nafar saylov komissiyasi raisi, rais o‘rinbosari va kotibligiga nomzodlar o‘qitiladi.

 

 

 

 

 

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur