9-oktyabr kuni Surxondaryo viloyati hududiy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi o‘tkaziladi

08.10.2024

54

msk_yangiliklari_in

Ertaga, 9-oktyabr kuni Surxondaryo viloyati hududiy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi o‘tkaziladi.

 

Unda saylov komissiyalari uchun zarur binolar va jihozlarni ular ixtiyoriga berib turish, saylov komissiyalari joylashgan binolarni xavfsiz internet, telefon aloqasi hamda elektr toki ishlab chiqarish uskunasi (elektrodvijok) bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida aloqador boshqarmalar boshliqlarining axboroti tinglanadi.

 

Majlisda mahalliy va xalqaro kuzatuvchilar, siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari maxsus mandat asosida ishtirok etishlari mumkin.

 

Manzil: Termiz shahri, A.Navoiy ko‘chasi, 42-uy. TerDU axborot-resurs markazi binosi

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur